
«Barselona» klubi vingeri Lamin Yamal joriy mavsumda boshqa maydonga tushmaydi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Bu haqda Kataloniya klubi matbuot xizmati rasmiy bayonot berdi. Tibbiy ko'rik xulosalariga ko'ra, 18 yoshli futbolchi Ispaniya chempionatining navbatdagi turida «Selta»ga qarshi kechgan bahsda (1:0) tizzasidan jiddiy jarohat olgan.
Tekshiruvlar natijasida o'yinchining tizza osti paylari shikastlangani aniqlandi. Klub shifokorlarining ta'kidlashicha, Yamal mavsum oxirigacha safdan chiqqan.
Biroq u iyun oyida start oladigan 2026-yilgi Jahon chempionatiga qadar tiklanishga ulgurishi kutilmoqda. Ma'lumot uchun, Lamin Yamal joriy mavsumda «Barselona» tarkibida barcha turnirlarda yuqori natijalar qayd etayotgan edi.
U La Ligada 28 ta uchrashuvda maydonga tushib, 16 ta gol va 12 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Shuningdek, Chempionlar ligasining 10 ta bahsida 6 bor raqiblar darvozasini ishg'ol etib, 4 ta samarali uzatmani amalga oshirdi.
Hozirda iqtidorli futbolchining transfer qiymati 200 mln yevroga baholanmoqda. Uning Kataloniya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2031-yilga qadar imzolangan.
Yosh vingerning safdan chiqishi mavsumning hal qiluvchi paltasida «Barselona» uchun jiddiy yo'qotish bo'lishi ta'kidlanmoqda.