Moskvada bayram kunlari mobil aloqa va internet xizmatlariga cheklovlar joriy etiladi
Rossiya poytaxtidagi yirik mobil aloqa operatorlari 5-maydan 9-mayga qadar mobil internet va SMS xabarlar yo'llashda uzilishlar bo'lishi mumkinligidan ogohlantirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Tegishli xabarnomalar 4-may sanasidan boshlab foydalanuvchilarga yuborila boshlandi. Bu haqda Ixbt.com nashri ma'lumot tarqatdi.
Mazkur choralar bayram tadbirlari o'tkazilayotgan vaqtda xavfsizlik choralarini kuchaytirish maqsadida amalga oshirilmoqda. Aloqa kompaniyalari ushbu cheklovlar vaqtinchalik xarakterga ega ekanligini bildirib, aholiga aloqa uchun muqobil ravishda Wi-Fi tarmoqlari va VoLTE texnologiyasidan foydalanishni maslahat bermoqda.
Prezident Putin avvalroq yirik shaharlarda internet faoliyatini cheklash masalasiga to'xtalib, bu kabi harakatlar xavfsizlikka nisbatan yuzaga kelishi mumkin bo'lgan tahdidlarning oldini olishga xizmat qilishini aytib o'tgan edi. Rossiya rahbari aholini bunday choralar haqida juda erta xabardor qilish maxsus xizmatlarning tezkor faoliyatiga to'sqinlik qilishi mumkinligini ham qo'shimcha qilgan.
Shu bilan birga, fuqarolarga kiritilayotgan cheklovlar sabablari va ularning oqibatlari haqida tushuntirish berish muhimligi qayd etildi. Hozircha aloqa tizimidagi noqulayliklar faqat belgilangan bayram kunlari davomida kuzatilishi kutilmoqda.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0