Moskvada may bayramlari kunlari mobil aloqa xizmati cheklanadi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

Moskvada may bayramlari kunlari mobil aloqa xizmati cheklanadiMoskvada aloqa sifati pasayishi kutilmoqda

"Beeline" operatori Moskva shahridagi mijozlarini 5-maydan 9-mayga qadar mobil aloqa va SMS xizmatlarida uzilishlar bo'lishi mumkinligidan ogohlantirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Kompaniya ma'lumotlariga ko'ra, cheklovlar Rossiya poytaxtida o'tkaziladigan bayram tadbirlari sababli joriy etiladi. Mazkur xabar haqida Ixbt.com nashri ma'lumot tarqatdi.

Aloqa operatori abonentlarga internetdan foydalanishda Wi-Fi tarmoqlaridan, ovozli muloqot uchun esa VoLTE texnologiyasidan foydalanishni tavsiya qilmoqda. Rossiyaning boshqa yirik aloqa kompaniyalari — "MTS", "Megafon" va "T2" hozircha ushbu vaziyat yuzasidan rasmiy izoh bermadi.

Ma'lumot uchun, Moskva mintaqasida mobil internet ishida keng ko'lamli muammolar 2025-yil may oyida ham qayd etilgan edi. Keyinchalik bunday cheklovlar Rossiyaning boshqa hududlarida ham qo'llanilgan.

Rasmiy idoralar aloqa xizmatlaridagi cheklovlarni xavfsizlik choralarini kuchaytirish zarurati bilan tushuntirmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish