Moskva viloyatida uy interneti uchun oq ro'yxatlar joriy etildi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

Moskva viloyatida uy interneti uchun oq ro'yxatlar joriy etildiMoskva viloyatida uy internetidan foydalanishda cheklovlar joriy etildi

1-maydan e'tiboran Moskva viloyatining Shchyolkovo tumanida joylashgan "Vsem Wi-Fi" provayderi mijozlari internet tarmog'idan foydalanishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Abonentlar faqatgina maxsus oq ro'yxatga kiritilgan sayt va resurslargagina kira olayotganini ma'lum qilgan. Bu haqda Ixbt.com nashri xabar tarqatdi.

Foydalanuvchilarning qayd etishicha, mazkur cheklovlar yuqori turuvchi aloqa operatori ko'rsatmasi bilan amalga oshirilgan. Ushbu noodatiy ish rejimi may bayramlari munosabati bilan vaqtinchalik joriy etilgani aytilmoqda.

Shunga o'xshash holatlar Rossiyaning boshqa hududlari, xususan Sibir, Ural va Kavkaz mintaqalarida ham kuzatilgan. Hozircha bu ma'lumotlar faqat ijtimoiy tarmoqlardagi shikoyatlarga asoslangan bo'lib, butun mamlakat miqyosida bunday amaliyot boshlangani haqida rasmiy bayonot berilmadi.

Avvalroq, 2024 yil mart oyi oxirida Rostov-na-Donu kabi janubiy shaharlarda ham oq ro'yxatlar tizimi sinovdan o'tkazilayotgani xabar qilingan edi. Shunga qaramay, Rossiya Raqamli rivojlanish vazirligi va yirik aloqa kompaniyalari uy interneti uchun tizimli cheklovlar kiritilmaganini bildirmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish