Navoiyda 500 mln so'mlik oltinni noqonuniy qaziganlar ushlandi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

Navoiyda 500 mln so'mlik oltinni noqonuniy qaziganlar ushlandiNavoiy viloyatida noqonuniy oltin qazib oluvchilar ushlandi

Navoiy viloyatida qimmatbaho metallarni noqonuniy ravishda qazib olish faoliyatiga chek qo'yildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament va huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamkorligida o'tkazilgan tezkor tadbirlar davomida bir necha jinoiy holatlar fosh etildi. Tomdi tumanidagi "Bessopan" sanoat hududida o'tkazilgan maxsus operatsiya natijasida fuqaro O.I.

va uning sheriklari qo'lga olindi. Ular umumiy vazni 5 200 kg bo'lgan ma'danli toshlarni noqonuniy qazib olayotgan vaqtda to'xtatilgan.

Mutaxassislar ushbu toshlar tarkibida 315,1 gramm oltin moddasi borligini va uning umumiy qiymati 569,8 mln so'mni tashkil etishini aniqladi. Barcha ashyolar dalil sifatida olib qo'yildi.

Konimex tumanining "Karakata" mahallasida esa fuqarolar T.T. va T.G'.

maxsus uskunalar yordamida qum va toshlardan qimmatbaho metall ajratib olayotganida ushlandi. Shunga o'xshash holatlar Xatirchi tumanida ham qayd etildi.

Xususan, fuqaro U.R. o'z xonadonida 160 kg, fuqaro S.X.

esa "Zarafshon" mahallasidagi uyida 300 kg oltin zarralari bo'lgan qum-tosh aralashmasini qayta ishlayotgani ma'lum bo'ldi. Hozirda barcha holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 196-2-moddasi bilan jinoyat ishlari qo'zg'atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ekspertlar bunday noqonuniy harakatlar iqtisodiyot va ekologiyaga jiddiy zarar yetkazishini ta'kidlamoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish