Namanganda 140 mln so'mlik noqonuniy dori vositalari musodara qilindi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

Namanganda 140 mln so'mlik noqonuniy dori vositalari musodara qilindiNorin tumanida noqonuniy dorixona faoliyatiga chek qo'yildi

Namangan viloyatida tegishli ruxsatnomasiz dori vositalari savdosi bilan shug'ullanib kelgan shaxs aniqlandi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Norin tumani bo'limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hamkorligida o'tkazilgan tezkor tadbirda qonunbuzilish holati rasmiylashtirildi. Aniqlanishicha, fuqaro S.A.

tadbirkorlik sub'yekti sifatida davlat ro'yxatidan o'tmasdan dorixona tashkil qilgan. "Bo'ston" mahalla fuqarolar yig'ini hududida joylashgan ushbu shoxobchada sifatini tasdiqlovchi hujjatlari mavjud bo'lmagan tibbiy mahsulotlar sotib kelingan.

Tekshiruv natijasida umumiy qiymati 140,9 mln so'mga teng bo'lgan 1 197 turdagi 29 289 dona dori vositalari va tibbiy buyumlar ashyoviy dalil sifatida olib qo'yildi. Mazkur holat yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi bilan jinoyat ishi qo'zg'atildi.

Hozirda holat bo'yicha tergov harakatlari davom ettirilmoqda. Noqonuniy muomaladan olingan mahsulotlar belgilangan tartibda musodara qilingan.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish