Toshkent metrosining «Chorsu» bekati odatiy tartibda ishlamoqda

Bekzod Nazarov1 daqiqalik o'qish

Toshkent metrosining «Chorsu» bekati odatiy tartibda ishlamoqdaToshkent metrosining "Chorsu" bekati odatiy tartibda ishlamoqda

Toshkent shahri va respublikaning boshqa hududlarida 3-may kuni kuzatilgan kuchli yog'ingarchilik ijtimoiy tarmoqlarda turli muhokamalarga sabab bo'ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Xususan, "Chorsu" metro bekati atrofini suv bosgani aks etgan videolar tarqaldi. Mazkur vaziyat bo'yicha Favqulodda vaziyatlar vazirligi rasmiy munosabat bildirdi.

Vazirlik taqdim etgan ma'lumotlarga ko'ra, yog'ingarchilik natijasida hosil bo'lgan suv oqimlari metro bekati tomon yo'nalgan. Biroq hududdagi irrigatsiya va drenaj tizimlari orqali suvning asosiy qismi chiqarib yuborilgan.

To'planib qolgan suvlarni bartaraf etish va metropoliten faoliyatiga salbiy ta'sirning oldini olish maqsadida Toshkent shahar FVB xodimlari hamda maxsus texnikalar jalb etildi. Hozirgi vaqtda "Chorsu" metro bekati barqaror ish tartibiga qaytgan.

Vazirlik xabarida qayd etilishicha, poyezdlar harakati belgilangan jadvalga muvofiq, uzilishlarsiz davom etmoqda. Yo'lovchilar uchun hech qanday xavf yoki cheklovlar mavjud emas.

Mutasaddi xizmatlar vaziyatni to'liq nazoratga olgan.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish