Qo'qon va Bekobodda 288 mln so'mlik noqonuniy mahsulotlar ushlandi

0
Qo'qon va Bekobodda 288 mln so'mlik noqonuniy mahsulotlar ushlandiQo'qon va Bekobodda 288 mln so'mlik noqonuniy tamaki va alkogol mahsulotlari ushlandi Farg'ona va Toshkent viloyatlarida o'tkazilgan tezkor tadbirlar davomida aksiz markasiz hamda qalbaki hujjatli mahsulotlarning noqonuniy savdosiga chek qo'yildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning xabar berishicha, Qo'qon shahrida faoliyat yurituvchi tadbirkor o'z do'konida tegishli markirovkaga ega bo'lmagan tamaki vositalari va xorijda tayyorlangan elektron sigaretalar savdosini tashkil qilgan. Tekshiruv davomida savdo nuqtasidan umumiy qiymati 288,2 mln so'mga teng bo'lgan 14 mingdan ortiq qutti tamaki mahsuloti ashyoviy dalil sifatida olindi.

Shu kabi holat Bekobod shahrida ham qayd etildi. Unda bir mas'uliyati cheklangan jamiyat rahbari savdo do'konida qalbaki aksiz markali alkogol ichimliklari va noqonuniy tamaki mahsulotlarini sotayotgani aniqlandi.

Huquq-tartibot organlari tomonidan ushbu nuqtadan 619 dona alkogol hamda 1 200 dan ziyod qutti tamaki mahsulotlari musodara qilindi. Hozirda aniqlangan har ikki holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo'zg'atilgan bo'lib, tergov harakatlari davom etmoqda.

Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Jamiyat yangiliklari