Toshkentda 360 ming doza zaharli moddani tarqatmoqchi bo'lganlar ushlandi

0
Toshkentda 360 ming doza zaharli moddani tarqatmoqchi bo'lganlar ushlandiToshkentda yirik narkolaboratoriyalar faoliyati tugatildi Toshkent shahri va Toshkent viloyatida huquq-tartibot organlari tomonidan o'tkazilgan keng ko'lamli tezkor tadbir natijasida inson salomatligi uchun xavfli bo'lgan moddalar savdosi bilan shug'ullanuvchi jinoiy guruh qo'lga olindi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

IIV, Toshkent shahar IIBB hamda DXX xodimlari hamkorligida amalga oshirilgan amaliyot davomida yirik narkolaboratoriyalar fosh etildi. Aniqlovchi ma'lumotlarga ko'ra, jinoiy guruhning asosiy qismini 2000–2004 yillar oralig'ida tug'ilgan yoshlar tashkil etgan.

Guruh a'zolari o'rtasida vazifalar aniq taqsimlangan bo'lib, unda mahsulotlarni saqlashga mas'ul ombor mudiri, kimyoviy moddalarni tayyorlovchi laborantlar hamda qadoqlovchilar faoliyat yuritgan. Ular tayyorlangan vositalarni ijtimoiy tarmoqlardagi maxsus do'konlar orqali sotishni yo'lga qo'ygan va tarqatishda yashirin kuryerlar xizmatidan foydalangan.

Noqonuniy savdo nuqtalari sifatida asosan ta'lim muassasalari atrofi tanlangan. Laboratoriyalar Toshkent viloyati va Olmaliq shahridagi ijaraga olingan xonadonlarda tashkil etilgani aniqlandi.

Tintuv jarayonida ushbu manzillardan 15 kg Pregabalin, 1 kg Tropikamid kukuni, yuzlab tayyor kapsulalar, prekursorlar hamda qadoqlash uskunalari topildi. Shuningdek, vositalarni tarqatish bilan shug'ullangan uch nafar shaxs ushlanib, ulardan 1 050 dona kuchli ta'sir qiluvchi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olindi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi bilan jinoyat ishi qo'zg'atildi. Guruhning barcha a'zolari hibsga olingan, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Huquq-tartibot organlarining tezkor harakati natijasida 360 mingdan ortiq bir martalik dozaga teng zaharli moddalarning aholi orasida tarqalishiga chek qo'yildi.
Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Jamiyat yangiliklari