Bobur Mansurov blogerlarga qaratilgan tanqidlarga munosabat bildirdi

0
Bobur Mansurov blogerlarga qaratilgan tanqidlarga munosabat bildirdiMansurov: «Blogerlik — o'z televideniyesiga ega bo'lishdek gap» Bloger va aktyor Bobur Mansurov o'z faoliyati manzili tomon bildirilayotgan tanqidlarga munosabat bildirdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Uning fikricha, blogerlik sohasini salbiy yoki uyatli mashg'ulot deb hisoblash noto'g'ri. Mansurov ushbu yo'nalishni ijodkor o'z salohiyatini namoyon eta oladigan zamonaviy maydon sifatida baholadi.

Ijodkor blogerlikni har bir shaxsning o'ziga tegishli bo'lgan kichik televideniyega qiyosladi. Mansurov aktyorlik mahoratini egallaganidan so'ng ushbu sohaga o'tish haqida uzoq mulohaza qilganini ma'lum qildi.

Uning ta'kidlashicha, har bir inson o'zi tanlagan sohada faoliyat yuritishi tabiiy hol va bunda xijolat bo'lishga o'rin yo'q. Shuningdek, aktyor blogerlar axborotni tezkor va qisqa shaklda yetkazib berish borasida katta imkoniyatga ega ekanini qayd etdi.

Mansurovning so'zlariga ko'ra, uch soatlik badiiy filmning asosiy mazmunini blogerlar uch daqiqalik videoda tomoshabinga taqdim etishi mumkin.
Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Madaniyat yangiliklari