Ahad Qayum o‘ziga nisbatan aytilgan tanqidlarga javob qaytardi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

Ahad Qayum o‘ziga nisbatan aytilgan tanqidlarga javob qaytardiAktyor, rejissyor va shoir Ahad Qayum Navo mehmonda dasturida bergan intervyusi davomida ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomonidan bildirilayotgan salbiy fikrlarga nisbatan o‘z munosabatini ma’lum qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

U o‘ziga nisbatan aytilayotgan tanqidlarga keskin javob qaytarib, ijodiy yo‘lining boshlanishiga oid ayrim tafsilotlarni yodga oldi. Ahad Qayumning ta’kidlashicha, u ijod olamiga kirib kelgan va she’riyat bilan shug‘ullana boshlagan davrda hatto eng yaqin kishilari, jumladan, sinfdoshlari va do‘stlari ham bunday o‘zgarishdan ajablangan.

Ijodkorning so‘zlariga ko‘ra, bolaligida uning qiziqishlari umuman boshqa yo‘nalishda bo‘lgan. Xususan, u maktab davrida matematika va fizika kabi aniq fanlarga ko‘proq moyillik bildirgan.

Shunga qaramay, keyinchalik adabiyot va san’at sohasini tanlagani atrofdagilar uchun kutilmagan holat sifatida qabul qilingan. Ahad Qayum o‘zining bugungi kundagi faoliyati va ijtimoiy tarmoqlardagi chiqishlari ortidan kelayotgan negativ munosabatlarga nisbatan aynan ana shu o‘tmishdagi tajribalaridan kelib chiqqan holda yondashishini qayd etdi.

Uning fikricha, insonning tanlagan yo‘li har doim ham boshqalar tomonidan darrov tushunilavermaydi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish