Bobur Mansurov «Madaniyat va san'at fidokori» ko'krak nishoni bilan taqdirlandi
O'zbekistonda nishonlanadigan Madaniyat va san'at xodimlari kuni munosabati bilan aktyor hamda bloger Bobur Mansurovga «Madaniyat va san'at fidokori» ko'krak nishoni topshirildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Mazkur mukofot ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari o'rtasida keng muhokamalarga va turli qarashlarga sabab bo'ldi. Mansurov ushbu e'tirozlarga javoban o'z munosabatini bildirib, mukofotning asossiz berilgani haqidagi da'volarni rad etdi.
Ijodkorning ta'kidlashicha, san'at asari yoki ijodiy faoliyat hamma uchun birdek ma'qul kelishi imkonsizdir. Mansurov sohada 12 yildan buyon mehnat qilib kelayotganini, shu vaqt mobaynida ko'plab seriallar, teatr spektakllari hamda ommaviy tadbirlarda ishtirok etganini ma'lum qildi.
Shuningdek, u ba'zi loyihalarda va ijtimoiy roliklarda begaraz, moddiy manfaat ko'zlamay xizmat qilganini, davlat miqyosidagi tadbirlardagi ishtiroki esa mehnatining e'tirofi ekanini qayd etdi. Mansurov jamoatchilikni ijodkorlarni doimiy ravishda tanqid qilish o'rniga, ularni qo'llab-quvvatlashga chaqirdi.
Uning fikricha, san'at vakillariga nisbatan tinimsiz salbiy bosim o'tkazilishi sohaning umumiy rivojlanishiga to'sqinlik qilishi mumkin.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0