Lola Eltoyeva ijodiy faoliyati va shaxsiy hayoti haqida ma'lumotlar e'lon qilindi

0
Lola Eltoyeva ijodiy faoliyati va shaxsiy hayoti haqida ma'lumotlar e'lon qilindiLola Eltoyeva: «Aktyor dilidagilarni roli orqali tomoshabinga ko'rsatadi» O'zbekistonlik taniqli kino, teatr va dublyaj aktrisasi Lola Eltoyeva 4 sentabr 1972 yil Toshkent shahrida tug'ilgan. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

San'at sohasidan yiroq bo'lgan oilaning to'ng'ich farzandi hisoblangan aktrisa, mustaqillik davrida suratga olingan «Quyoshi botmaydigan yurt» filmidagi Malika obrazi bilan keng ommaga tanildi. Ijodiy faoliyati davomida Eltoyeva 60 dan ortiq spektakl va 45 ga yaqin badiiy filmda turli rollarni talqin etgan.

Shuningdek, u 200 dan ziyod film hamda ko'plab teleseriallarga ovoz berish jarayonida ishtirok etgan. Hozirgi vaqtda aktrisa O'zbek milliy akademik drama teatri jamoasida faoliyatini davom ettirmoqda.

Lola Eltoyeva ko'p yillik xizmatlari uchun 2006 yil «O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan artist» unvoni bilan taqdirlangan. Shuningdek, u 2020 yil «Madaniyat va san'at fidokori» ko'krak nishoni, 2021 yil «Do'stlik» ordeni hamda «O'zbekiston Respublikasining 30 yilligi» esdalik nishoni sohibasiga aylangan.

Aktrisa shaxsiy hayotiga doir ma'lumotlarni ommaga oshkor etmaslikni afzal ko'radi va kamdan-kam hollarda intervyu beradi. Ushbu yondashuvini u quyidagicha izohlaydi: «Bu sirli ko'rinishga intilish emas, shunchaki aktyor dilidagilarni roli orqali tomoshabinga ko'rsatadi».

Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Madaniyat yangiliklari