Lola Eltoyeva: O'zbek kinosining mashhur yulduzi hayoti va ijod yo'li

0
Lola Eltoyeva: O'zbek kinosining mashhur yulduzi hayoti va ijod yo'li
Lola Eltoyeva 1972 yil 4 sentyabrda Toshkent shahrida dunyoga kelgan o'zbek kino, teatr va dublyaj aktrisasi hisoblanadi. U oilada birinchi farzand bo'lib, san'at bilan bog'liq bo'lmagan oilada o'sgan. Aktrisa iste'dodini tomoshabalarga 1990-yillarning boshlarida ekranlarga tushgan "Quyoshi botmaydigan yurt" filmidagi Malika roli orqali namoyon etdi.

Lola Eltoyeva faoliyati davomida teatrlarda 60 dan ortiq spektaklda, shuningdek, 45 ga yaqin filmda turli xil rollarni ijro etgan. Uning ijodiy faoliyati kino sohasida ham keng yoyilgan bo'lib, 200 ga yaqin filmlarga va bir qator teleseriallarga professional dublyaj qilgan. Hozirgi kunda Lola Eltoyeva O'zbek milliy akademik drama teatrida faoliyat yuritmoqda.

Aktrisa o'z kasbiy faoliyatida bir qator e'tirofga sazovor bo'lgan. U 2006 yilda “O'zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan artist” unvoniga, 2020 yilda “Madaniyat va san'at fidokori” ko'krak nishoniga, 2021 yilda esa “Do'stlik” ordeni va “O'zbekiston Respublikasining 30 yilligi” esdalik nishoniga taqdirlangan.

Lola Eltoyeva o'z shaxsiy hayoti haqida ma'lumotlarni ehtiyotkorlik bilan baham ko'radi va uning intervyularini topish ham oson emas. Aktrisa o'zining bu pozitsiyasini shunday izohlaydi: "Aktyor o'zining ichki dunyosini rollari orqali tomoshabinga ko'rsatadi, shunchaki".
Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Madaniyat yangiliklari