
«Barselona» bosh murabbiyi Flik: «Frenki jamoamiz uchun juda muhim» «Barselona» bosh murabbiyi Xansi Flik niderlandiyalik yarim himoyachi Frenki de Yongning klubdagi tarixiy natijasi haqida o'z fikrlarini bildirdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
28 yoshli futbolchi «Selta»ga qarshi bahsda maydonga tushib, «Barselona» safidagi o'yinlari sonini 293 taga yetkazdi. Shu tariqa, De Yong afsonaviy Filipp Kokuni ortda qoldirib, klub tarixida eng ko'p o'yin o'tkazgan niderlandiyalik futbolchiga aylandi.
Jamoa bosh murabbiyi ushbu natijani yuqori baholadi. «Frenki erishgan natijasidan juda mamnun, bu u uchun haqiqatan ham qadrlidir.
Albatta, u ajoyib o'yinchi. U maydonga tushganida jamoaga qanchalik katta foyda keltira olishini barcha ko'rdi.
De Yong biz uchun juda muhim sanaladi», — dedi Flik. Eslatib o'tamiz, Frenki de Yong «Selta»ga qarshi uchrashuvning 73-daqiqasida zaxiradan maydonga tushgan edi.
Mazkur bahsda «Barselona» 1:0 hisobida g'alaba qozondi. Yarim himoyachi jamoaning o'yin uslubini shakllantirishda hamon asosiy figuralardan biri bo'lib qolmoqda.