Benom» guruhi konsertidagi rad javobi sahnalashtirilgan bo'lib chiqdi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

Benom» guruhi konsertidagi rad javobi sahnalashtirilgan bo'lib chiqdi"Benom" guruhi konsertidagi rad javobi sahnalashtirilgan bo'lib chiqdi

Toshkentda o'tkazilgan "Benom" guruhining konsert dasturi davomida kutilmagan voqea sodir bo'ldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Tomoshabinlar ko'z o'ngida bir yigit sevgilisiga turmush qurish taklifini bildirdi. U qo'lida guldasta va uzuk bilan qizning qarshisida tiz cho'kib, klassik romantik holatni yuzaga keltirdi.

Biroq kutilmagan hodisa yuz berdi: qiz taklifni rad etib, sovg'alarni qaytardi va zalni tark etdi. Mazkur holat aks etgan tasvirlar tez fursatda ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, foydalanuvchilar o'rtasida qizg'in bahslarga sabab bo'ldi.

Jamoatchilikning bir qismi yigitning holatiga achingan bo'lsa, boshqalar qizning o'z tanloviga ega ekanini ta'kidladi. Keyinchalik ushbu voqea aslida avvaldan rejalashtirilgani aniqlandi.

Mazkur "drama" ishtirokchilari ijtimoiy tarmoqlarda ko'p ko'rilish to'plash maqsadida ushbu rolikni maxsus sahnalashtirganliklarini e'lon qildi. Juftlik kontent yaratish maqsadida birgalikda harakat qilganini tan oldi.

Shunday qilib, konsertdagi shov-shuvli rad javobi shunchaki ijodiy loyihaning bir qismi bo'lib chiqdi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish