Sanjar Xoliqov ijoddagi tanaffus va oilasidagi noyob holat haqida gapirdi

0
Sanjar Xoliqov ijoddagi tanaffus va oilasidagi noyob holat haqida gapirdiSanjar Xoliqov: «Oilamni boqish uchun tadbirkorlikka o'tdim» Xonanda Sanjar Xoliqov YouTube platformasidagi «Ikkalamiz» loyihasiga bergan intervyusida shaxsiy hayoti va ijodiy faoliyatidagi tanaffus sabablarini ochiqladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

San'atkor suhbat davomida turmush o'rtog'i Asila Abdullayeva bilan tanishuv tarixi, oilasidagi noyob qon guruhi hamda tekstil sohasidagi biznesi haqida so'zlab berdi. Asila Xoliqovaning ma'lum qilishicha, juftlik dastlab Snapchat ilovasi orqali masofaviy tanishgan.

Keyinchalik Xoliqov bo'lajak rafiqasini uning opasi tomonidan tashkil etilgan marosimda uchratgan. O'shanda 17 yoshda bo'lgan Asila Abdullayevani xonanda ilk bor jonli ijro jarayonida ko'rib, o'zida kuchli taassurot qolganini ta'kidladi.

San'atkor rafiqasini uchratgunga qadar hech qachon qizlar bilan uchrashuvlarga chiqmaganini, buni moddiy imkoniyatlari sababli samimiylik yo'qolishi mumkinligi bilan izohladi. Suhbatning diqqatga sazovor qismlaridan biri oiladagi biologik moslik masalasi bo'ldi.

Ma'lum bo'lishicha, er-xotinning ikkalasida ham o'ta kamyob hisoblangan birinchi manfiy qon guruhi mavjud. Shifokorlar 30 yillik tajribasi davomida har ikki tomoni ham «minus bir» bo'lgan bunday juftlikni birinchi marta uchratganini qayd etishgan.

Hozirda ularning ikki nafar o'g'lida ham aynan shu noyob qon guruhi takrorlangan. Ijodiy tanaffus haqida gapirganda, Xoliqov karantin davrida sohadagi o'zgarishlarni tahlil qilganini bildirdi.

To'y xizmatlari kamayishi va daromad manbalari o'zgarishi ortidan u otasining tadbirkor do'stiga shogird tushib, tekstil biznesini boshlagan. San'atkor ayni paytda ushbu sohaning moliya va huquqiy jihatlarini chuqur o'rganib, amaliyotda qo'llayotganini qo'shimcha qildi.

Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Madaniyat yangiliklari