Feruza Normatova turmush o'rtog'i haqidagi mish-mishlarga raddiya berdi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

Feruza Normatova turmush o'rtog'i haqidagi mish-mishlarga raddiya berdiFeruza Normatova turmush o'rtog'i haqidagi mish-mishlarga raddiya berdi

Aktrisa va bloger Feruza Normatova "Yashin TV" loyihasiga bergan intervyusida turmush o'rtog'ining moddiy holati hamda shaxsiy hayoti atrofidagi gap-so'zlarga aniqlik kiritdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Suhbat davomida boshlovchining turmush o'rtog'ini boshqa birovning hisobiga yashaydigan shaxs, ya'ni "alfons" degan ayblovlarga munosabati haqidagi savoliga aktrisa keskin javob qaytardi. Normatova uzoq vaqt davomida oila qurmaganining asosiy sababi aynan munosib insonni kutgani bilan bog'liqligini ta'kidladi.

Uning so'zlariga ko'ra, avvalroq unga turli moddiy talablar bilan chiqqan insonlar ko'p bo'lgan, biroq u bunday shaxslar bilan hayotini bog'lamaslikka qat'iy qaror qilgan. Aktrisa turmush o'rtog'ini tanlashda juda ehtiyotkor bo'lganini, birinchi uchrashuvdanoq uning kiyinish uslubi, avtomobili va o'zini tutishiga qadar barcha jihatlarini sinchiklab o'rganganini ma'lum qildi.

Hozirda aktrisaning turmush o'rtog'i xususiy firmada rasmiy faoliyat yuritadi hamda avtomobil va sport sohalarida o'z biznesiga ega. Normatovaning ta'kidlashicha, turmush o'rtog'i professional sport bilan jiddiy shug'ullanadi va Oktagon ligasi bilan shartnoma imzolagan.

Hozirda u navbatdagi jangga tayyorgarlik ko'rmoqda. Aktrisa o'z ishlari haqida to'ydan uch oy o'tibgina to'liq ma'lumotga ega bo'lganini qo'shimcha qilib, o'z qadrini biladigan ayol sifatida tanlovida adashmaganini bildirdi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish