Bag'dod tumanida 600 mln so'm mablag'ni o'zlashtirgan mansabdor ushlandi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

Bag'dod tumanida 600 mln so'm mablag'ni o'zlashtirgan mansabdor ushlandiBag'dod tumanida 600 mln so'm mablag'ni talon-toroj qilgan sobiq rahbar aniqlandi

Farg'ona viloyatining Bag'dod tumanida hokimlik jamg'armasi mablag'larini noqonuniy o'zlashtirish bilan bog'liq jinoyat fosh etildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Tuman iqtisodiyot va moliya bo'limining sobiq rahbari o'z xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlari yo'lida foydalanganlikda gumon qilinmoqda. O'tkazilgan tekshiruvlar natijasida mansabdor shaxs obodonlashtirish ishlari uchun ajratilgan 600 mln so'mni xususiy korxona hisob raqamiga o'tkazgani ma'lum bo'ldi.

Aniqlanishicha, ushbu mablag'ning 380 mln so'mi naqdlashtirilgan va keyinchalik 27 ming AQSh dollariga ayirboshlanib, o'zlashtirib olingan. Huquq tartibot organlari tomonidan taqdim etilgan ma'lumotlarga ko'ra, sobiq rahbar davlat budjetiga tegishli pullarni talon-toroj qilish sxemasini amalga oshirgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo'zg'atildi. Hozirda prokuratura organlari tomonidan dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish