Yevropada o'lim ko'rsatkichi issiqlik to'lqinlari sababli keskin oshdi
Yevropa qitasida so'nggi yillarda kuzatilayotgan g'ayritabiiy issiqlik to'lqinlari aholi o'limi sonining ortishiga olib kelmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
The Lancet jurnalida e'lon qilingan tadqiqot ma'lumotlariga ko'ra, ko'plab hududlarda ushbu ko'rsatkich 1990-yillardagi raqamlardan sezilarli darajada yuqoriladi. Tahlillar shuni ko'rsatadiki, Yevropa hududlarining 99,6 foizida 2015–2024 yillar oralig'idagi issiq harorat davrida qayd etilgan vafot etganlar soni 1991–2000 yillardagi davr bilan solishtirganda o'sgan.
Statistik ma'lumotlarga ko'ra, har bir million aholiga o'rtacha 52 ta qo'shimcha o'lim holati to'g'ri kelmoqda. Ayrim mamlakatlarda, xususan Ispaniya, Italiya, Gretsiya va Bolgariyaning ba'zi hududlarida bu raqam million kishiga 120 tadan oshib ketgan.
Shu bilan birga, Germaniyada issiqlik haqida ogohlantirishlar soni 450 foizga, qit'a bo'yicha esa o'rtacha 318 foizga ko'paygan. Olimlar mazkur salbiy o'zgarishlarni global iqlim isishi bilan bog'lamoqda.
Iqlimiy o'zgarishlar nafaqat o'lim soniga, balki umumiy salomatlikka ham ta'sir ko'rsatmoqda. Bahor faslining vaqtli kelishi allergiya mavsumini ilgarilatib, aholi salomatligiga bosimni oshirmoqda.
Shuningdek, hududda tropik infeksiyalar, xususan denge virusining tarqalish xavfi 300 foizga ortgani qayd etildi.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0