Yevropa Ittifoqida istiqomat qiluvchi, ittifoqdan tashqarida tug‘ilgan aholi soni 64 million kishiga yetdi va bu tarixiy rekord hisoblanadi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Bu ma’lumot Daniyaning “Rockwool” notijorat jamg‘armasining Berlin bo‘limi tomonidan tayyorlangan hisobotda qayd etildi. 2025 yil davomida Yevropaga 2,1 million migrant kelgan bo‘lsa-da, bu ko‘rsatkich 2024 yilgi natijadan 500 ming kishiga kam.
Hisobotda Yevropa davlatlarining migratsiya oqimining asosiy yo‘nalishi bo‘lib qolgani va yangi kelganlarning mehnat bozori hamda ijtimoiy tizimga ta’siri ta’kidlandi. Migrantlarning asosiy qismi Germaniya, Fransiya, Ispaniya va Italiya kabi yirik iqtisodiyotga ega davlatlarda to‘plangan.
Yevropa Ittifoqi aholisida migrantlarning o‘rtacha ulushi 14,2 foizni tashkil etadi. Shu bilan birga, Lyuksemburgda bu ko‘rsatkich 52 foizga, Maltada 32 foizga, Kiprda esa 28 foizga chiqqan.
Bu kichik davlatlarda migratsiyaning demografik tuzilishga sezilarli ta’sir ko‘rsatayotganidan dalolat beradi.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0