Mirzaobod tumanida “Yo.M.” fermer xo‘jaligi “N.T.” MChJga qarashli qishloq xo‘jaligi yer maydonini o‘zboshimchalik bilan egallab, noqonuniy foydalangan. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Guliston tumanlararo iqtisodiy sudi bu holatni ko‘rib chiqib, fermer xo‘jaligini egallab olingan yerdan chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Sudning bu qarorini ijro etish vazifasi Majburiy ijro byurosining mahalliy tuman bo‘limiga yuklatildi.
Ijrochilar tomonidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida noqonuniy egallangan yer maydoni qonuniy egasi – “N.T.” MChJga to‘liq qaytarildi. Shu tariqa sud qarorining ijrosi to‘liq ta’minlandi.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0