Eron AQSh bilan muzokaralarda ishtirok etmasligini eʼlon qildi

Bekzod Nazarov1 daqiqalik o'qish

Eron AQSh bilan muzokaralarda ishtirok etmasligini eʼlon qildiEron davlat televideniyesi Pokiston orqali AQSh bilan boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan muzokaralarda ishtirok etmasligini rasman eʼlon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

“Tasnim” axborot agentligi xabariga koʻra, Tehron sulh bitimini avtomatik uzaytirishni tan olmasligini ham maʼlum qilgan. Rasmiy bayonotda mamlakat oʻz milliy manfaatlaridan kelib chiqib, sulh shartlariga rioya qilishi yoki uni bajarishni toʻxtatishi mumkinligi taʼkidlandi.

Shuningdek, Eron tomonidan AQShga sulh muddatini uzaytirish boʻyicha hech qanday soʻrov yoʻllanmagan. Dengiz yoʻllaridagi blokada masalasiga toʻxtalib oʻtilgan bayonotlarda, bu cheklovlarning davom etishi dushmanona harakat sifatida baholanishi aytilgan.

Vaziyat oʻzgarmagan taqdirda, Eron Fors koʻrfazidagi strategik ahamiyatga ega boʻlgan Hormuz boʻgʻozi orqali transport harakatini tiklamasligi mumkin. Rasmiylar zarurat tugʻilganda blokadani kuch ishlatish yoʻli bilan bekor qilish imkoniyatini ham istisno qilmagan.

Bu holat mintaqadagi keskinlikning yanada kuchayishi haqidagi xavotirlarni keltirmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish