Uchtepada 90 mln so'mdan ortiq qarz majburiy tartibda undirildi
Majburiy ijro byurosi Uchtepa tuman bo'limi tomonidan fuqaro P.S. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. foydasiga 90 184,9 ming so'm miqdoridagi mablag'ni undirish choralari ko'rildi. Sud qarori asosida chiqarilgan ijro hujjati 2024 yil 14 mart kuni bo'lim ish yurituviga qabul qilingan va shu sananing o'zida tegishli ish qo'zg'atilgan.
Qarzdor F.R.ga majburiyatni ixtiyoriy ravishda bajarish uchun 15 kunlik muddat taqdim etilgan bo'lsa-da, belgilangan vaqt ichida to'lov amalga oshirilmadi. Shundan so'ng davlat ijrochilari qarzdorga nisbatan qator cheklovlar o'rnatdi.
Xususan, F.R.ning mamlakat hududidan tashqariga chiqish huquqi vaqtincha cheklandi. Tegishli idoralarga yuborilgan so'rovlar natijasida qarzdor nomida hech qanday rasmiy mol-mulk mavjud emasligi aniqlandi.
2024 yil 6 aprel kuni ijrochilar fuqaroning yashash manziliga borib, sud qarorini ijro etmaslikning huquqiy oqibatlari haqida tushuntirish ishlarini olib bordi va qarzni uzish bo'yicha rasmiy majburiyatnoma oldi. Amalga oshirilgan tadbirlar natijasida 2024 yil 20 aprel kuni 90 184,9 ming so'm miqdoridagi qarz to'liq qaytarildi.
Undirilgan mablag'lar 21 aprel kuni undiruvchining bank plastik kartasiga o'tkazib berildi va ijro ishi yakunlandi.