Andijonda kredit qarzdorligi sababli Jetour avtomobili xatlandi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish1

Andijonda kredit qarzdorligi sababli Jetour avtomobili xatlandiMajburiy ijro byurosi Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha Bo‘ston tumanlararo sudining qaroriga asosan ijro ishi yuritilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mazkur hujjatga ko‘ra, qarzdor Yu.M.dan Mikrokreditbank ATB Andijon viloyati filiali foydasiga 388,8 million so‘m miqdoridagi kredit qarzdorligini undirish belgilangan. Shuningdek, sud qarori ijrosini ta’minlash maqsadida undiruvni qarzdorga tegishli bo‘lgan va garov ta’minoti sifatida qo‘yilgan avtotransport vositasiga qaratish ko‘zda tutilgan.

Byuro xodimlari tomonidan olib borilgan ijro harakatlari davomida qarzdor shaxsga sud qarori talablarini belgilangan muddat ichida ixtiyoriy ravishda bajarish zarurligi to‘g‘risida ogohlantirish xati yuborilgan. Amaldagi qonunchilik normalariga muvofiq, qarzdorga o‘z majburiyatlarini bajarishi uchun tegishli vaqt berilgan bo‘lib, mazkur muddat ichida qarzdorlik to‘liq bartaraf etilmagan taqdirda, garovdagi avtomobilni xatlash va majburiy tartibda realizatsiya qilish choralari ko‘riladi.

Hozirgi vaqtda ijro jarayoni byuro tomonidan nazoratga olingan bo‘lib, bank manfaatlarini himoya qilish va sud hujjatining ijrosini ta’minlash yuzasidan barcha zarur huquqiy choralar ko‘rilmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish