Quvada pedagogning 49 mln so'mlik ish haqi undirib berildi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

Quvada pedagogning 49 mln so'mlik ish haqi undirib berildiO'zbekistonda fuqarolarning mehnat huquqlari va qonuniy manfaatlari davlat hisobidan kafolatlanmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Konstitutsiyaga muvofiq, har bir shaxs erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoitlarida faoliyat yuritish hamda bajargan ishiga mos ravishda ish haqi olish huquqiga ega. Shuningdek, asosiy qonuniyatda ishsizlikdan himoyalanish tartiblari ham belgilab qo'yilgan.

Shunga qaramay, amaliyotda ish beruvchilar tomonidan ish haqini noto'g'ri hisoblash yoki to'lovlarni kechiktirish holatlari kuzatilib turibdi. Majburiy ijro byurosi Quva tumani bo'limi xodimlari fuqarolarning buzilgan mehnat huquqlarini tiklash va qarzdorliklarni undirish yo'nalishida tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Xususan, Farg'ona viloyat sudi tomonidan berilgan ijro hujjatlariga asosan, "QTP" davlat korxonasidan fuqaro I.M. foydasiga mablag' undirish belgilangan edi.

Mazkur talabnomaga ko'ra, xodimga 42,3 mln so'm miqdoridagi ish haqi va 7,0 mln so'm ma'naviy zarar to'lanishi lozim bo'lgan. Byuroning Quva tumani bo'limi davlat ijrochisi G'ulomiddin Qodiraliyevning ma'lum qilishicha, ijro harakatlari qonunchilikda belgilangan tartibda tezkorlik bilan o'tkazildi.

Natijada qarzdor korxonadan jami mablag'lar to'liq undirilib, fuqaroning moddiy va ma'naviy huquqlari tiklandi. Hozirda tuman bo'limi tomonidan bu kabi ijro hujjatlarining o'z vaqtida bajarilishini ta'minlash ishlari davom ettirilmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish