
O'zbekiston musulmonlari idorasi 2026 yilgi haj ziyorati uchun ajratilgan kvotalar va narxlar haqida ma'lumot berdi. Unga ko'ra, 2026 yilda O'zbekiston fuqarolaridan 15 ming nafar ziyoratchi haj safarini amalga oshirish imkoniyatiga ega bo'ladi. Haj safari uchun sarflanadigan umumiy xarajatlar bir kishi uchun 77 million 73 ming so'mni tashkil etadi.
Haj mavsumi 2026 yil 2 may kuni boshlanishi rejalashtirilgan bo'lib, Saudiya Arabistoniga muntazam aviaqatnovlar tashkil etiladi. Ziyoratchilar Toshkent, Namangan, Farg'ona, Andijon, Samarqand, Buxoro, Qarshi, Termiz va Urganch aeroportlaridan to'g'ridan-to'g'ri Madina shahriga parvoz qiladi.
Madina shahriga ziyoratchilarni yetkazish vazifasi FlyAdeal aviakompaniyasiga yuklatilgan. Ushbu yo'nalishdagi aviaqatnovlarni amalga oshirishda Uzbekistan Airways ham ishtirok etadi, ammo ziyoratchilarni vataniga qaytarish masalasi aynan shu aviakompaniyaga topshirilgan. Ushbu tashkilotlar ziyoratchilarning qulayligi va xavfsizligini ta'minlash uchun barcha zaruriy choralar ko'rilishini ma'lum qildi.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0