Haj 2026: O'zbekistonlik ziyoratchilar uchun 15 ming kvota ajratildi

Bekzod Nazarov1 daqiqalik o'qish

Haj 2026: O'zbekistonlik ziyoratchilar uchun 15 ming kvota ajratildiHaj 2026: O'zbekistonlik ziyoratchilar uchun 15 ming kvota ajratildi

O'zbekiston musulmonlari idorasi 2026 yilgi haj mavsumi bo'yicha asosiy ma'lumotlarni e'lon qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Unga ko'ra, kelasi yili mamlakat fuqarolari uchun haj ziyoratiga jami 15 000 ta o'rin ajratilgan. Mazkur mavsumda bir nafar ziyoratchi uchun safar xarajatlari 77 073 000 so'm etib belgilandi.

Navbatdagi haj mavsumi 2026 yil 2 may kunidan boshlanadi. Rejaga muvofiq, Saudiya Arabistoniga qatnovlar har kuni amalga oshiriladi.

Ziyoratchilar respublikaning 9 ta shahar — Toshkent, Namangan, Farg'ona, Andijon, Samarqand, Buxoro, Qarshi, Termiz va Urganch xalqaro aeroportlaridan to'g'ridan-to'g'ri Madina shahriga yo'l oladi. Parvozlarni tashkil etishda ikki aviakompaniya ishtirok etishi ko'zda tutilgan.

Ziyoratchilarni Madina shahriga FlyAdeal aviakompaniyasi yetkazib beradi. Safar yakunlangach, fuqarolarni O'zbekistonga qaytarish ishlarini Uzbekistan Airways milliy aviakompaniyasi bajaradi.

Musulmonlar idorasi barcha tashkiliy masalalar bo'yicha tayyorgarlik jarayonlari boshlanganini tasdiqladi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish