Samsung Galaxy S26 Ultra kamerasida texnik nosozlik aniqlandi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

Samsung Galaxy S26 Ultra kamerasida texnik nosozlik aniqlandiSamsung Galaxy S26 Ultra kamerasida texnik nuqson aniqlandi

Samsung kompaniyasining Galaxy S26 Ultra smartfoni foydalanuvchilari qurilma kamerasida kutilmagan nosozlikka duch keldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Ixbt.com nashrining yozishicha, Focus Enhancer funksiyasi faollashtirilgan vaqtda olingan yaqin masofadagi suratlar displeyda ko'ringan tasvirdan farq qilmoqda. Ayrim vaziyatlarda tayyor fotosuratning o'ng yoki pastki qismlari qirqilib qolayotgani kuzatilgan.

Janubiy Koreya texnologiya giganti rasmiy forum orqali ushbu muammo mavjudligini tan oldi. Kompaniya mutaxassislarining tushuntirishicha, xatolik 24 megapikselli rejimda ikki karra yaqinlashtirish (zum) va Focus Enhancer funksiyasi bir vaqtda qo'llanilganda yuz beradi.

Mazkur kamchilik ayniqsa makro suratga olish jarayonida yaqqol namoyon bo'lmoqda. Hozirda Samsung muhandislari aniqlangan dasturiy nuqsonni bartaraf etish choralarini ko'rmoqda.

Kompaniya vakillari ushbu xatolik smartfonlar uchun chiqariladigan navbatdagi dasturiy ta'minot yangilanishi orqali to'liq tuzatilishini ma'lum qildi. Foydalanuvchilarga yaqin kunlarda taqdim etiladigan yangi proshivkani o'rnatish tavsiya etiladi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish