AQSh Kongressi NASA byudjetini 24,4 mlrd dollar miqdorida saqlab qoldi

Madina Yusupova2 daqiqalik o'qish

AQSh Kongressi NASA byudjetini 24,4 mlrd dollar miqdorida saqlab qoldiAQSh Kongressi NASA byudjetini qisqartirishga qarshi chiqdi

AQSh Vakillar palatasining mablag' ajratish qo'mitasi Tramp ma'muriyati tomonidan NASA byudjetini kamaytirish bo'yicha berilgan taklifni rad etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Oq uy koinot agentligi uchun 18,8 mlrd dollar ajratishni so'ragan bo'lsa-da, qonunchilar moliyalashtirish hajmini o'tgan yilgi darajada, ya'ni 24,4 mlrd dollar miqdorida saqlab qolish tashabbusi bilan chiqdi. Bu haqda Ixbt.com nashri xabar tarqatdi.

Tomonlar o'rtasidagi asosiy bahslar ilmiy dasturlarni moliyalashtirish masalasiga borib taqalmoqda. Hukumat ushbu yo'nalishga 3,9 mlrd dollar sarflashni ko'zlagan bir paytda, qo'mita a'zolari 6 mlrd dollar ajratilishini talab qilmoqda.

Shuningdek, kosmik texnologiyalar va operatsion xarajatlar uchun belgilangan mablag'lar ham deputatlar tomonidan sezilarli darajada oshirildi. NASA rahbari Jared Ayzekman ishtirokida o'tgan eshituvlarda byudjet loyihasi keskin tanqidga uchradi.

Kichik qo'mita raisi Rojers hukumat taklifini qoniqarsiz deb baholadi. Kongressmen Greys Men esa ilmiy tadqiqotlar uchun ajratiladigan mablag'larning 46 foizga qisqartirilishi soha kelajagiga jiddiy xavf tug'dirishini qayd etdi.

Qonunchilar "Artemis" oy dasturini agentlik faoliyatidagi eng ustuvor yo'nalish deb hisoblamoqda. Rasmiy bayonotda amerikalik astronavtlarning Oy yuzasiga birinchi bo'lib qaytishini ta'minlash strategik ahamiyatga ega ekani ko'rsatib o'tilgan.

Byudjet loyihasini tasdiqlashning navbatdagi bosqichi 30 aprel kuni bo'lib o'tadi. Shundan so'ng hujjat qo'mitaning to'liq tarkibi va Kongress palatalari muhokamasiga havola etiladi.

Yakuniy to'xtamga uzoq davom etadigan muzokaralardan so'ng kelinishi kutilmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish