
Eron iqtisodiy tizimi ko‘p yillardan buyon davom etayotgan xalqaro sanksiyalar, qat’iy moliyaviy cheklovlar hamda nazorat qilib bo‘lmaydigan darajadagi giperinflyatsiya ta’siri ostida og‘ir inqiroz holatiga kelib qoldi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Mamlakat moliya bozoridagi ushbu murakkab vaziyat milliy valyuta – rialning xarid qobiliyatini keskin pasaytirib yubordi. Hozirgi kunda rial o‘zining iqtisodiy barqarorligini deyarli to‘liq yo‘qotgan.
Xususan, norasmiy qora bozorda bir AQSH dollarining qiymati 1,4 million riallik psixologik chegaradan oshib ketdi. Ushbu ko‘rsatkich Eron milliy valyutasini jahon miqyosida eng qadrsiz pul birliklari qatoriga olib chiqdi.
Mazkur holat mamlakat iqtisodiyotining ichki va tashqi savdo aloqalariga salbiy ta’sir ko‘rsatib, aholining kundalik turmush darajasini sezilarli darajada qiyinlashtirmoqda. Mutaxassislar vaziyatning yanada og‘irlashuvi davlat moliyaviy tizimida jiddiy turg‘unlikni keltirib chiqarishi mumkinligini qayd etishmoqda.
Hukumat iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va inflyatsiyani jilovlash uchun muqobil choralarni ko‘rishga majbur bo‘lmoqda, biroq hozircha bu harakatlar kutilgan samarani bermayapti.






Izohlar
0