
O‘zbekiston milliy terma jamoasining 12 noyabr kuni Toshkentda Rossiya terma jamoasiga qarshi o‘tkaziladigan xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi oldidan muxlislar uchun muhim yangilik ma’lum qilindi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Jamoa tarkibidagi ayrim o‘zgarishlar va yetakchi futbolchilarning mashg‘ulotlardagi holati jamoatchilikda turli savollarni yuzaga keltirgan edi. Xususan, Manchester Siti himoyachisi Abduqodir Husanovning kichik jarohati sababli yig‘inga jalb etilmagani hamda sardor Eldor Shomurodovning oilaviy masalalar tufayli dastlabki mashg‘ulotlarda ishtirok eta olmasligi dastlab muxlislarda xavotir uyg‘otgandi.
Biroq, murabbiylar shtabi va milliy terma jamoa matbuot xizmati vaziyat bo‘yicha aniqlik kiritib, muxlislarni xotirjamlikka chaqirdi. Mutaxassislar ushbu holat jamoaning bo‘lajak o‘yinga tayyorgarlik rejasiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmasligini hamda rejalashtirilgan mashg‘ulotlar jarayoni belgilangan tartibda davom etayotganini tasdiqlashdi.
Jamoa a’zolari Toshkentdagi uchrashuvga tayyorgarlikni yuqori saviyada olib bormoqda va barcha futbolchilar o‘z oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarishga shay holatda. Mazkur nazorat o‘yini milliy jamoa uchun muhim sinov vazifasini o‘taydi.






Izohlar
0