Manuel Noyyer joriy mavsum yakunida faoliyatini yakunlashi mumkin

Aziz Karimov1 daqiqalik o'qish

Manuel Noyyer joriy mavsum yakunida faoliyatini yakunlashi mumkin


Myunxenning "Bavariya" klubi darvozaboni Manuel Noyyer faoliyatidagi so‘nggi mavsumini o‘tkazayotgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

Germaniya matbuotida tarqalgan xabarlarga ko‘ra, 40 yoshli sardorning klub bilan amaldagi shartnomasi kelasi yilning yozida o‘z nihoyasiga yetadi. Sport jurnalisti Maksimilian Koxning ma’lum qilishicha, klub rahbariyati darvozabon joriy mavsum yakunlangach, professional faoliyatini yakunlashiga deyarli shubha qilmayapti.

Hozirda klub mutasaddilari afsonaviy posbon uchun tantanali xayrlashuv marosimi va maxsus intervyu tashkil etish ustida ish olib bormoqda. Shunga qaramay, Manuel Noyyer jarohatidan to‘liq forig‘ bo‘lib, asosiy tarkibga qaytishi kutilmoqda.

Murabbiylar shtabi mavsum oxirigacha tajribali darvozabonga ishonch bildirishda davom etadi va u "birinchi raqamli" posbon maqomini saqlab qoladi. Ayni damda "Bavariya" Germaniya Bundesligasi turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda.

Myunxenliklar Dortmundning "Borussiya" klubi bilan bir xil – 21 ochko jamg‘argan holda jadvalning eng yuqori pog‘onasini bo‘lishib turibdi. Kelgusi oylarda jamoa ham chempionlik poygasida, ham o‘z afsonasini munosib kuzatib qo‘yish borasida muhim qarorlarga kelishi kutilmoqda.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish