Tramp AQSh Milliy ilmiy kengashini tarqatib yuborishga qaror qildi
AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyati mamlakat Milliy ilmiy kengashini (NSB) tugatish bo'yicha qaror qabul qildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Mazkur maslahat organi uzoq vaqt davomida prezident hamda Kongress uchun Milliy ilmiy jamg'arma (NSF) faoliyati yuzasidan tavsiyalar ishlab chiqishga mas'ul bo'lib kelayotgan edi. Bu haqda Ixbt.com nashri ma'lumot tarqatdi.
Milliy ilmiy kengash AQShning ilmiy strategiyasini belgilash va fundamental tadqiqotlar uchun moliyaviy yo'nalishlarni shakllantirishda muhim vazifalarni bajargan. Biroq so'nggi davrda jamg'arma tizimida mablag' tanqisligi va grantlar ajratish jarayonidagi kechikishlar bilan bog'liq qator muammolar kuzatilgan edi.
Vakillar palatasining Fan, koinot va texnologiyalar qo'mitasi a'zosi Zoi Lofgren ushbu tashabbusni keskin tanqid ostiga oldi. Lofgrenning ta'kidlashicha, kengash siyosiy ta'sirlardan xoli tuzilma hisoblanadi va uning faoliyatini to'xtatish AQShning jahon ilmiy maydonidagi nufuziga salbiy ta'sir ko'rsatadi.
Shuningdek, u maslahat organining tugatilishi kelajakda uni siyosiy sodiq shaxslardan iborat guruh bilan almashtirishga qaratilgan harakat bo'lishi mumkinligidan xavotirda ekanini bildirdi. Hozircha kengashni tarqatish sabablari yuzasidan rasmiy va batafsil tushuntirish berilmadi.
Milliy ilmiy jamg'arma ko'p yillar davomida mobil aloqa vositalari va raqamli xizmatlar kabi zamonaviy texnologiyalarning yaratilishiga asos bo'lgan muhim tadqiqotlarni qo'llab-quvvatlab kelgan edi.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0