Yangibozorlik fermer 245 million so‘m qarzni to‘lab yerini saqlab qoldi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish1

Yangibozorlik fermer 245 million so‘m qarzni to‘lab yerini saqlab qoldiMajburiy ijro byurosi Yangibozor tuman bo‘limi davlat manfaatlari va korxonalarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha tizimli ish olib bormoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Tuman davlat ijrochisi A.Qadirberganov olgan choralar natijasida yirik miqdordagi qarz majburiyatlari bartaraf etildi. Sud va soliq organlarining hujjatlariga ko‘ra, “O.S.” fermer xo‘jaligining 244,7 million so‘mdan ortiq qarzi bo‘lib, ulardan 158,4 million so‘mi davlat budjetiga soliq, 86,3 million so‘mi “Hududiy elektr tarmoqlari” aksiyadorlik jamiyatiga qarz edi.

Qarzni o‘z vaqtida to‘lamagani uchun davlat ijrochisi tomonidan qat'iy chora ko‘rildi. Fermer xo‘jaligiga tegishli Yangibozor tumanidagi 65,6 gektar yer maydonining uzoq muddatli ijaraga olish huquqi xatlandi.

Mutaxassislar yerning normativ qiymatini 1,8 milliard so‘m deb baholadi va u Prezidentning 28.03.2025 yildagi qarori asosida 15 aprel kuni “E-AUKSION” platformasiga chiqarildi. Bunga javoban fermer xo‘jalik rahbari barcha qarz majburiyatlarini to‘liq to‘ladi.

Qarz to‘langanligi sababli ijro ishi yopildi va yerga qo‘yilgan cheklovlar olib tashlandi. Vaqtida ijro talablarini bajarish mol-mulkni xatlanish va auktsionga chiqarilishining oldini oladi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish