Qozogʻistonlik uch karra jahon chempioni shaxmatchi Bibisora Assubayeva Instagramdagi muxlislari bilan suhbatlashdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
U Oʻzbekistonga boʻlgan muhabbati va shaxsiy hayoti haqidagi savollarga javob berdi. Assubayeva Toshkentni qadrdon shahar deb atadi.
U: “Men Toshkentda bir necha bor boʻlganman. Eng soʻnggi tashrifim oʻtgan yil dekabrida atigi bir kun davom etgan.
Shuningdek, mening eng yaqin doʻstim aynan Toshkentdan. Taomlaringizning lazzati esa betakror”, dedi.
Sportchi oʻzining oʻzbek muxlislari soni keskin ortayotganini tasdiqladi. Koʻpchilik undan Toshkentda qizlar uchun alohida uchrashuv (fan-meeting) oʻtkazishni soʻramoqda.
Assubayeotganini va yaqin orada muxlislar bilan uʻnggi haftalarda ijtimoiy tarmoqlarda Assubayeva bilan oʻzbekistonlik grossmeyster Javohir Sindorov oʻrtasidagi doʻstona muloqotlar keng muhokama qilinmoqda.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0