
Kiprda davom etayotgan Nomzodlar turnirida o'zbekistonlik Javohir Sindorov va qozog'istonlik Bibisora Assubayevaning o'zaro aloqalari keng e'tibor qashmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda ularning birgalikdagi suratlari ko'plab muhokamalarga sabab bo'lmoqda, muxlislar o'rtasida ular faqat do'stmi degan savollar paydo bo'lmoqda. Sindorovning buvisi bu borada fikr bildirib, Javohirning Bibisora bilan oila qurish istagi oila a'zolariga ma'qul bo'lishini ta'kidladi.
Sportchining buvisi ularni bolalikdan tanishligini, birga shaxmat o'ynab o'sganligini va qizning onasi bilan ham tanish ekanligini ma'lum qildi. Hozirda ularning munosabatlari do'stona chegarada bo'lsa-da, kelajakda nima bo'lishini bashorat qilish qiyin. Agar Javohir Bibisorani sevib, uylanish istagini bildirsa, oila unga rozi bo'lishini bildirdi, chunki ularning qiziqishlari va hayotga bo'lgan qarashlari o'xshash.
Javohir Sindorov turnirning so'nggi bosqichiga yaqinlashib, g'oliblik imkoniyatini oshirdi va jahon chempionligi uchun kurashish huquqini qo'lga kiritdi. Bibisora Assubayeva esa guruhida 7,5 ochko bilan ikkinchi o'rinda turibdi va yakuniy turda g'oliblik uchun harakat qilmoqda.
Hozirgacha shaxmatchilar o'zaro munosabatlari haqida rasmiy bayonot bermagan. Ammo ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan suratlar ularning bir-birini faol qo'llab-quvvatlayotganini ko'rsatmoqda.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.





Izohlar
0