Shahzod Sultonov ZAKSga ariza bilan bordi: muxlislarda xursandchilik!

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish

Shahzod Sultonov ZAKSga ariza bilan bordi: muxlislarda xursandchilik!
Aktyor Shahzod Sultonov ijtimoiy tarmoqlar orqali xabardor qildi, u o'z sevgilisi bilan nikoh uchun ariza bilan ZAKSga borgan. Aktyor Instagram sahifasida ushbu jarayonni aks ettirgan video lavha joylashtirdi va muxlislari duo qilgani uchun minnatdorlik bildirdi. Nikoh arizasini rasmiylashtirish uchun ular Mirzo Ulug'bek tumanidagi FHDY bo'limiga murojaat qilishgan.

Ushbu xabar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqaldi va ko'plab izdoshlarning e'tiborini tortdi. Aktyorning muxlislari ularga baxt tilab, to'y sanasi haqida savollar berishmoqda. Ayrim foydalanuvchilar esa bu vaziyatni hazil yoki pranksiz o'tmaganini taxmin qilishmoqda.

Shundan so'ng, aktyorning sevgilisi unga "hayoti davomida boshqa kimni yaxshi ko'rganingiz" degan savol yo'lladi. Shahzod Sultonov bu savolga javoban, u hech kimni sevmaganini va u bu qizga qadar yuragida hech kim uchun his tuyg'ulari bo'lmaganini aytdi. Uning so'zlariga ko'ra, yuragi faqat unga o'xshagan qiz kirib kelishini kutgan.

Aktyorning bu javobi ham ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab bo'ldi. Ko'pchilik bu ham bir navda hazil bo'lishi mumkinligini aytib, "prank bo'lmasin" deya izoh qoldirishmoqda. Shahzod Sultonov esa bu izohlarga hali javob bermadi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish