
Bollivudning mashhur aktyori Shohruh Xonning sobiq shaxsiy qo'riqchisi Yasin Xon uning kameralar ortidagi hayoti haqida xorijiy OAVda yangi ma'lumotlar berdi. 2001-yildan 2011-yilgacha aktyor xavfsizligini ta'minlagan Yasin Xon, Shohruh Xon uchun oila va farzandlarining aynan birinchi o'rinda turganini ta'kidladi. Aktyorning ota sifatidagi roli uning filmlardagi rollaridan ham muhimroq bo'lgan.
Shohruh Xon farzandlari bilan doimiy aloqada bo'lib, ularning maktab tadbirlarida ishtirok etishga har doim tayyor bo'lgan. Hattoki, bandli jadvaliga qaramay, farzandlarini shaxsan maktabga olib borishga vaqt ajratgan. Har yili oilasi bilan Londonda ikki oylik ta'tilga chiqib, farzandlari bilan futbol o'ynab, oddiy ota kabi dam olgan.
Aktyorning farzandlarining ta'limiga bo'lgan e'tibori alohida e'tiborni qolmoqda. Shohruh Xon suratga olish jarayonlarida bo'lishiga qaramay, o'g'li Aryan va qizi Suxananing imtihonlariga tayyorgarlik ko'rish uchun o'quv materiallarini o'rganib, hatto onlayn darslarda ularga yordam bergan. Sobiq qo'riqchining aytishicha, Shohruh Xon rafiqasi Gauriga charchaganini aytmagan va doim oilasi uchun tayyor bo'lgan.
Yasin Xon, Shohruh Xonning o'g'li Aryan ham otasiga o'xshash kamtar va sportga qiziqish bildiruvchi yigit ekanligini ta'kidladi. U bilan bo'lgan uchrashuvlardan birida Aryan bolaligida qiyin bo'lgan sport mashqlarini osonlik bilan bajarishga erishgan. Shohruh Xon bilan o'tgan o'n yillik Yasin Xonning hayotini tubdan o'zgartirgan, unga katta tajriba va imkoniyatlar bag'ishlagan. Hozirda u o'z xavfsizlik agentligini boshqarib, yirik tadbirlarda ishlaydi, ammo Shohruh Xon bilan o'tgan yillarni eng qimmatli davr sifatida eslaydi.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.





Izohlar
0