
"Yuventsus" klubining sobiq darvozaboni Janluiji Buffon o'zining sobiq jamoadoshi Aleks Manningerning avtomobil halokatida vafot etganidan chuqur qayg'u bildirdi. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.
Ma'lum bo'lishicha, 48 yoshli avstriyalik sportchining boshqargan avtomobili poyezd bilan to'qnashgan. Baxtsiz hodisa oqibatida Manningerning hayoti saqlab qolish imkoni bo'lmagan.
Janluiji Buffon ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilgan xabarida ushbu fojia uni juda qattiq larzaga keltirganini ta'kidladi. Italiyalik afsonaviy darvozabon Manningerni oddiy va samimiy inson sifatida yod etib, u hayotdagi sodda quvonchlarni, xususan, tabiatni, baliq ovlashni va oilasini juda yaxshi ko'rganini esladi.
"Samoviy olamlarda ham farzandlaringiz va rafiqangizga yordam berishda davom etasiz. Tinchlikda uxlab yoting", — deb yozgan Buffon o'zining xatini yakunlagan.
Eslatib o'tamiz, Aleks Manninger 2008-yildan 2012-yilgacha "Yuventsus" safida faoliyat yuritgan va ushbu davr mobbiligida Janluiji Buffonning zaxira darvozaboni vazifasini bajargan.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.





Izohlar
0