
O'zbekistonlik shaxmatchi Javohir Sindarovga "Imarat Development" kompaniyasi asoschisi tomonidan ikki xonali xonadon sovg'a qilindi. Kompaniya rahbari bu haqda o'zining ijtimoiy tarmoqlaridagi sahifasida e'lon qildi. Uning so'zlariga ko'ra, yoshlarimizning muvaffaqiyatlari mamlakat kelajagining mustahkamligini ko'rsatadi.
Shaxmat kabi intellektual sportda yuqori natijalarga erishish, katta mehnat va qat'iy irodani talab qiladi. Kompaniya rahbari, Javohir Sindarovning g'alabalariga uning sabr-toqati, tinimsiz harakati va o'ziga bo'lgan ishonchi sabab bo'lganini ta'kidladi. Chempionni ushbu sovg'a bilan tabriklash orqali, unga bundan keyngi faoliyatida omad tiladi.
Ushbu xabar ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalib, ko'plab izdoshlarning e'tiborini tortdi. Foydalanuvchilar yosh chempionni samimiy tabriklar bilan kutib olishdi va unga qiziqish bildirib, yutuqlariga havas qilishdi. Ko'pchilik o'z farzandlariga ham shunday muvaffaqiyatlar tilab, iliq fikr-mulohazalarini bildirishdi.
Javohir Sindarov O'zbekiston shaxmatida yorqin kelajakka ega bo'lgan yosh sportchi sifatida tanilgan. U grossmeyster unvoniga ega va O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan sportchi sifatida e'tirof etilgan. Ushbu sovg'a uning sportdagi yutuqlarini yanada oshirishga motivatsiya beradi.
Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.






Izohlar
0