Javohir Sindorov xalqaro shaxmat turnirida uchinchi o‘rinni egalladi

Madina Yusupova1 daqiqalik o'qish2

Javohir Sindorov xalqaro shaxmat turnirida uchinchi o‘rinni egalladiRuminiya poytaxti Buxarest shahrida joriy yilning 14–23 may kunlari nufuzli Super Chess Classic Romania 2026 shaxmat turniri tashkil etildi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Mazkur xalqaro musobaqada dunyoning yetakchi grossmeysterlari qatorida O‘zbekiston vakili Javohir Sindorov ham o‘z mahoratini namoyish etdi. Keskin va murosasiz kechgan bahslar yakuniga ko‘ra, hamyurtimiz 5 ochko jamg‘arib, faxrli 3-o‘rinni egalladi va 42,5 ming AQSH dollari miqdoridagi mukofot pulini qo‘lga kiritdi.

Turnir jadvaliga ko‘ra, Germaniya vakili Vinsent Keymer 6 ochko bilan g‘oliblikni tantana qildi va 100 000 dollar mukofot oldi. Ikkinchi o‘rin 5,5 ochko bilan amerikalik Fabiano Karuanaga nasib etdi, uning mukofoti 65 000 dollarni tashkil etdi.

Kuchli uchlikni yakunlagan Javohir Sindorovdan tashqari, 5 ochko to‘plagan Uesli So ham 42 500 dollar mukofotga ega chiqdi. Ro‘yxatning keyingi pog‘onalarini 4,5 ochko jamg‘argan Anish Giri, Maksim Vashe-Lagrav, Jordan van Forest, Rameishbabu Pragnanandha hamda Bogdan-Daniel Dyak band etishdi, ularning har biriga 18 000 dollardan mukofot ajratildi.

Turnirni 1 ochko bilan yakunlagan Alirizo Firuzja esa 10 000 dollar mukofot puli bilan taqdirlandi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish