Karta ma’lumotlarini boshqalarga berish uchun jinoiy javobgarlik belgilandi

0
Karta ma’lumotlarini boshqalarga berish uchun jinoiy javobgarlik belgilandiO'zbekistonda kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish doirasida qonunchilikka keskin o'zgartirishlar kiritilmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Qonunchilik palatasi tomonidan ma'qullangan yangi qonun loyihasi raqamli xavfsizlik va moliyaviy operatsiyalar ustidan nazoratni kuchaytirishni nazarda tutadi. Bank kartalari va elektron hamyonlar daxlsizligi Yangi tartibga ko'ra, bank kartalari, elektron hamyonlar hamda kripto-aktivlarga doir ma'lumotlarni qonunga xilof ravishda o'zgalarga berish taqiqlanadi.

Mazkur harakatlar uchun nafaqat ma'muriy, balki jinoiy javobgarlik choralari ham belgilandi. Ushbu chora kiberfiribgarlarning begona shaxslar nomidan foydalangan holda jinoyat sodir etishiga to'sqinlik qilish maqsadida joriy etilmoqda.

Raqamli identifikatsiya vositalari nazorati Qonun loyihasi bilan SIM-kartalar va shaxsiy akkauntlar xavfsizligiga oid talablar ham qat'iylashtirildi. Xususan, SIM-kartalarni noqonuniy ravishda boshqa shaxslarga o'tkazish, shaxsiy identifikatsiya ma'lumotlarini begonalarga taqdim etish hamda ulardan g'arazli maqsadlarda foydalanish uchun jazo choralari kuchaytirildi.

Banklarning moddiy javobgarligi Hujjatdagi muhim yangiliklardan biri bank va to'lov tashkilotlarining mas'uliyati bilan bog'liq. Agar moliya muassasasi axborot xavfsizligini lozim darajada ta'minlamagani oqibatida mijoz mablag'lari o'g'irlansa, yetkazilgan zarar bank yoki to'lov tashkiloti tomonidan qoplab beriladi.

Bu mexanizm moliyaviy muassasalarni himoya tizimlarini takomillashtirishga undaydi. Tergov jarayonlarining tezkorligi Kiberjinoyatlarni fosh etish samaradorligini oshirish maqsadida tergov organlariga bank ma'lumotlarini taqdim etishning aniq muddatlari belgilandi.

Ma'lumotlarni taqdim etishni kechiktirgan mas'ul shaxslar javobgarlikka tortiladi. Shuningdek, davlat va strategik ahamiyatga ega obyektlarning axborot infratuzilmasida kiberxavfsizlik qoidalarini buzganlik uchun alohida choralar ko'zda tutilgan.

Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Jamiyat yangiliklari