Karta ma'lumotlarini tarqatishga javobgarlik joriy etildi

Madina Yusupova2 daqiqalik o'qish

Karta ma'lumotlarini tarqatishga javobgarlik joriy etildi
Bugungi kunda raqamli texnologiyalar keng tarqalishi bilan kiberxavfsizlik masalasi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xorijiy OAV xabar berganidek, avvalroq ahamiyat qaratilmagan ba'zi amallar endilikda qonunchilikda belgilangan tartibga zid bo'lib, huquqiy javobgarlikka sabab bo'lishi mumkin. Qonunchilik palatasida ma'qullangan yangi qonun loyihasi shu borada bir qator o'zgarishlarni nazara tutadi.

Ushbu qonun loyihasiga ko'ra, bank kartalari, elektron hamyonlar va kripto-aktivlarga doir ma'lumotlarni qonunga xilof ravishda boshqa shaxslarga tarqatish qat'iy jazolanadi. Bunday harakatlar nafaqat ma'muriy, balki jinoiy javobgarlikka tortish uchun asos bo'ladi, bu esa kiberfiribgarlik holatlarini oldini olishga qaratilgan choradir. Shuningdek, qonunchilikdagi yangiliklar raqamli identifikatsiya vositalari xavfsizligini ham qamrab oladi.

Qonunga ko'ra, SIM-kartalarni noqonuniy ravishda boshqalarga o'tkazish, shaxsiy akkauntlar va identifikatsiya ma'lumotlarini begona shaxslarga berish hamda ulardan noqonuniy foydalanish holatlari uchun jazo choralari kuchaytirilmoqda. Loyihaning muhim jihati shundaki, bank va to'lov tashkilotlarining mas'uliyati oshiriladi. Agar ularning axborot xavfsizligi yetarli darajada ta'minlanmagani sababli mijozlarning mablag'lari o'g'irlansa, yo'qotishlarni bank yoki to'lov tashkiloti qoplab berishi shart.

Kiberjinoyatlarni tezroq aniqlash uchun tergov organlariga bank ma'lumotlarini taqdim etish uchun aniq muddatlar belgilangan. Ushbu talabni buzgan yoki ma'lumotlarni kechiktirgan mas'ullar ham javobgarlikka tortiladi. Bundan tashqari, davlat va strategik ob'ektlar kabi muhim axborot infratuzilmalarida kiberxavfsizlik qoidalarini buzganlik uchun alohida ma'muriy choralar belgilandi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish