Dubayda dunyodagi ilk oltin piyodalar yo‘lagi qurilmoqda

Bekzod Nazarov1 daqiqalik o'qish2

Dubayda dunyodagi ilk oltin piyodalar yo‘lagi qurilmoqda

Birlashgan Arab Amirliklarining iqtisodiy markazi hisoblangan Dubay shahri o‘zining navbatdagi ulkan loyihasi bilan global miqyosda e’tiborni tortmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Shaharning tarixiy va mashhur hududlaridan biri sanalgan Oltin hududida (Gold Souk / Gold District) o‘ziga xos arxitektura yechimiga ega piyodalar yo‘lagini barpo etish ishlari boshlab yuborildi. Loyiha rejasiga ko‘ra, mazkur inshoot to‘liq 24 karatli sof oltindan bunyod etilishi ko‘zda tutilgan.

Qurilish ishlarini 2026 yil yakuniga qadar to‘liq nihoyasiga yetkazish va foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. Tashkilotchilar tomonidan taqdim etilgan rasmiy ma’lumotlarga tayanadigan bo‘lsak, ushbu o‘ziga xos inshoot nafaqat Dubayning hashamatli qiyofasini yanada boyitadi, balki sayyohlar uchun misli ko‘rilmagan tajriba taqdim etadi.

Ushbu loyiha shahar infratuzilmasini rivojlantirish va jahon turizmi xaritasidagi mavqeini mustahkamlashga qaratilgan muhim qadam sifatida baholanmoqda. Mutaxassislar fikricha, mazkur yo‘lak dunyodagi eng qimmatbaho va noyob piyodalar o‘tish joylaridan biriga aylanadi.

Izohlar

0

Hali izoh yo'q. Birinchi bo'ling.

Izoh qoldirish