
O‘zbekistonda, xususan, Toshkent shahrida kuzatilayotgan havo ifloslanishi muammosi nafaqat texnogen omillar, balki noqulay meteorologik sharoitlar hamda tabiiy jarayonlar bilan ham chambarchas bog‘liq. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Iqlim o‘zgarishi milliy markazi direktori Farrux Sattarovning ta’kidlashicha, hududdagi ekologik vaziyatga yog‘ingarchilik miqdorining kamayishi va atmosfera havosining tabiiy almashinuv jarayonlaridagi o‘zgarishlar sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Tabiiy omillar havoning o‘z-o‘zini tozalash qobiliyatini pasaytirib, zararli zarrachalarning pastki qatlamlarda to‘planib qolishiga olib kelmoqda.
Mutaxassisning qayd etishicha, joriy yil oktyabr oyi davomida meteorologik sharoitlar barqarorlashmagani va atmosfera bosimining o‘zgaruvchanligi havo sifati ko‘rsatkichlarining me’yordan chetga chiqishiga sabab bo‘lgan. Mazkur jarayonlar hududiy iqlim xususiyatlari hamda global iqlim o‘zgarishlarining mahalliy muhitga ta’siri bilan izohlanadi.
Atmosfera sifatini yaxshilash borasida olib borilayotgan ishlar hamda tabiiy omillarning o‘zaro mutanosibligini o‘rganish hozirgi kunda ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.






Izohlar
0