
Majburiy ijro byurosining Chilonzor tuman bo‘limi ish yurituviga Toshkent shahar soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari tomonidan chiqarilgan qaror kelib tushdi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.
Mazkur hujjatga muvofiq, S.E.G.E mas’uliyati cheklangan jamiyatidan davlat foydasiga 4 milliard 68 million 656 ming so‘m miqdoridagi soliq qarzdorligini undirish belgilangan. Ushbu ijro hujjati asosida davlat ijrochisi tomonidan belgilangan tartibda ijro ishini yuritishni qo‘zg‘atish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Ayni paytda qarzdor korxonadagi moliyaviy majburiyatlarni undirish bo‘yicha qonunda ko‘rsatilgan choralar ko‘rilmoqda. Majburiy ijro byurosi xodimlari tomonidan soliq qarzini to‘liq qoplash hamda davlat budjetiga tushumlarni ta’minlash maqsadida tegishli protsessual harakatlar olib borilmoqda.
Mazkur jarayon ijro hujjatida keltirilgan talablar ijrosini ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, qonunchilik doirasida amalga oshirilishi nazoratga olingan. Korxona rahbariyati soliq qarzdorligini bartaraf etish yuzasidan ogohlantirilgan va ijro ishi bo‘yicha belgilangan muddatlarda tegishli choralar ko‘rilishi ta’minlanadi.






Izohlar
0