BTS asoschisi 100 million dollarlik moliyaviy janjalda ayblanmoqda

0
BTS asoschisi 100 million dollarlik moliyaviy janjalda ayblanmoqdaJanubiy Koreya prodyuseri Pan Si Hyok moliyaviy firibgarlikda ayblanmoqda. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi.

Reuters agentligi xabariga koʻra, huquqni muhofaza qiluvchi organlar HYBE kompaniyasi asoschisini investorlarni chalgʻitishda ayblab, hibsga olish uchun sudga murojaat qilgan. Ayblovga koʻra, 2019 yilda Pan Si Hyok investorlarga kompaniyaning birjaga chiqmasligi haqida notoʻgʻri maʼlumot bergan, shu bilan ularni aktsiyalarni maxsus fondga sotishga undagan.

Keyinchalik kompaniya IPO oʻtkazgach, aktsiya narxlari koʻtarilgan va fond yirik foyda olgan. Tergovchilarning fikricha, prodyuser bu sxemadan 200 milliard von (136 million dollar) miqyosida daromad olgan.

Pan Si Hyokning himoya guruhi ayblovlarni rad etib, mijozining tergov bilan hamkorlik qilayotganini taʼkidladi. Uning mamlakatdan chiqishi avgust oyidan buyon taqiqlangan.

Pan Si Hyok 2005 yilda tashkil etilgan Big Hit Entertainment orqali BTS guruhini dunyoga tanitgan.
Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Madaniyat yangiliklari