Majburiy ijro byurosi aliment qarzdorligini bartaraf etdi
Bolalarga moddiy yordam ko'rsatishdan bosh tortish ularning huquqlari buzilishiga olib keladi. Bu haqda Zamin.uz xabar berdi. Har bir shaxs o'z xatti-harakatlari uchun mas'ul bo'lsa-da, tanlangan yo'l voyaga yetmaganlarning turmush farovonligiga salbiy ta'sir ko'rsatmasligi zarur. Hozirgi vaqtda aliment to'lovlarini amalga oshirmasdan, farzandlarini moddiy ta'minlash majburiyatidan qochib yurgan shaxslar bilan bog'liq holatlar ko'p kuzatilmoqda.
Majburiy ijro byurosining Navoiy viloyat boshqarmasi Qidiruv sho'basi hamda hududiy bo'limlar hamkorligida o'tkazilgan tadbirlar natijasida bir qator qarzdorlarning chet elda ekanligi aniqlandi. Xususan, Byuroning Xatirchi tuman bo'limi nazoratida bo'lgan qarzdor Q.N.
Rossiyada ekanligi ma'lum bo'ldi. Olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida uning onasi 51 134 000 so'm miqdoridagi aliment mablag'ini to'lab berdi.
Shuningdek, Navbahor tuman bo'limi ish yurituvidagi qarzdor R.R. ham Rossiya hududida ekanligi aniqlangan.
Profilaktik suhbatlardan so'ng uning yaqin qarindoshlari 81 531 000 so'm miqdoridagi qarzdorlikni to'liq qopladi. Mazkur tadbirlar davomida jami 132 665 000 so'mdan ortiq mablag' undirilib, bolalarning moddiy ta'minoti uchun yo'naltirildi.