"Tottenxem" jamoa uchun professional psixolog qidirmoqda

0
"Tottenxem" jamoa uchun professional psixolog qidirmoqda
Angliya Premyer ligasida (APL) o'z o'rnini saqlab qolish uchun kurashayotgan Londonning "Tottenxem" klubi rahbariyati vaziyatni o'nglash maqsadida noodatiy choralarga qo'l urmoqda. Bu haqda Euro-football.ru xabar berdi.

"Sky Sports" nashri bergan ma'lumotlarga ko'ra, klub futbolchilar bilan ishlash uchun professional psixolog qidirmoqda. Tegishli vakansiya haqidagi e'lonlar ijtimoiy tarmoqlarda joylashtirilgan.

Jamoaning yangi bosh murabbiyi Roberto de Dzerbi hozircha vaziyatni tubdan o'zgartira olmadi. Uning qo'l ostida o'tkazilgan dastlabki ikki uchrashuvda "shporlar" bor-yo'g'i bir ochko jamg'arishga muvaffaq bo'ldi.

Bunday natija klubning inqirozdan chiqib ketayotganidan dalolat bermaydi. Chempionat yakunlanishiga besh tur qolgan bir vaziyatda "Tottenxem" 18-o'rinni egallab, hamon xavfli hududda (chiqib ketish zonasi) qolmoqda.

Navbatdagi turda "Tottenxem" mehmonda "Vulverxempton" jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Ma'lumot uchun, "Vulverxempton" turnir jadvalining so'nggi pog'onalarida qolib, APLni tark etishi rasman aniq bo'lib ulgurgan.

Londonliklar uchun ushbu bahsda g'alaba qozonish ligada qolish imkoniyatlarini saqlab qolish uchun o'ta muhim ahamiyatga ega.
Bu maqola qanday bo'ldi?
UZ.NEWS muallifi
Maʻlumot Mehmonlar guruhiga tashrif buyuruvchilar ushbu nashrga sharh qoldirishlari mumkin emas.

Top Sport yangiliklari